• Maxsus imkoniyatlar
    Ko'rinishi

    Oddiy ko'rinishda

    Oq-qora ko'rinishda

    Qoraytirilgan ko'rinishda

    Shrift kattaligi

    100%

  • 09:36:30 (GMT+5)
  • 29.03.2024
Maxsus imkoniyatlar
Ko'rinishi

Oddiy ko'rinishda

Oq-qora ko'rinishda

Qoraytirilgan ko'rinishda

Shrift kattaligi

100%

Xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan memorandum imzolandi

10 ноябр, 2022

Joriy yilning 3-9 noyabr kunlarida mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi tajribasini o‘rganish, Tizimda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, “ITC” MCHJ QK hamda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublikasi markazi” davlat unitar korxonasi ishtirokida Idoralararo tuzilgan Ishchi guruh Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahrida xizmat safarida bo‘ldilar.

                                                    

Mazkur safar davomida Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligida vazirlik apparti boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyar Mamedov va tegishli mutassaddi vakillar bilan uchrashuv o‘tkazildi va unda O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining telekommunikatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan halqaro ahamiyatga ega loyihalar hamda kelgusida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Ishchi guruh tomonidan “AzInTelecom” MCHJ rahbariyati va masʼullari bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi va unda on-line tarzda Zoom platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari ham qatnashdilar.

                                                   

Ozarbayjon Respublikasida joriy etilan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tartiblari, jarayonlari, 10 yillik tajribasi asosida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish tartiblariga kiritilgan o‘zgartirishlar, murojatlar bilan ishlar tartibi, ro‘yxatga olish punktlari faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, importyorlar tomonidan olib kelingan mobil qurilmalarning IMEI kodlari ro‘yxatga olinishi, klonlangan mobil qurilmalarning IMEI-kodlariga qarshi choralar, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan va jinoiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan mobil qurilmalarning bloklangan IMEI kodlari to‘g‘risida maʼlumot almashish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

                                                  

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi va “AzInTelecom” MCHJ o‘rtasida mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimini yanada rivojlantirish, takomillashtirish va maʼlumot almashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan memorandum imzolandi.