• Accessibility
    Mode

    Normal

    Black and white

    Dark

    Font size

    100%

  • 23:42:44 (GMT+5)
  • 28.03.2024
Accessibility
Mode

Normal

Black and white

Dark

Font size

100%

Shaxsiy maʼlumotlarni o‘g‘irlash dinamikasi pasaymoqda

19 июл, 2022

UzIMEI tizim operatorining Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda olib borgan tadbirlari natijasida shaxsiy maʼlumotlarni o‘g‘irlash holatlari keskin kamaydi. 
UzIMEI tizim operatori joriy yilning yanvaridan bugunga qadar olib borayotgan monitoring natijalariga nazar tashlasak, yil boshida shaxsiy maʼlumotlar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq murojaatlar soni bugungi kunga kelib deyarli 55% kamayib, mazkur ko‘rsatkich tobora pasayib bormoqda.
Bu shuni ko‘rsatmoqdaki, shaxsiy maʼlumotlarini o‘g‘irlash, ulardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari kamaymoqda. Bundan tashqari jinoyat sodir ettirib ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bekor qilinib, shaxsiy maʼlumotlar o‘g‘irlanishining kamayishiga erishildi.
UzIMEI tizim operatori Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsiy maʼlumotlarni ishlatgan holda noqonuniy olib kirilayotgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazayotgan jinoiy guruhlar bilan kurashish ishlari davom ettirilmoqda.